Abduqodir Husanov — «Manchester Siti»ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi
Klub matbuot xizmati jamoaning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisini ma’lum qildi.
photo: Google
"Manchester Siti" matbuot xizmati jamoaning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Abduqodir Husanov jamoaning o‘tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Yanvar oyida faqat Husanov barcha o‘yinda almashtirishsiz harakat qildi. Agar «Liverpul» bilan ham to‘liq o‘ynasa, 31 kunda qatorasiga 10 uchrashuv o‘tkazgan bo‘ladi.
Bu Abduqodirning "Siti"dagi faoliyati davomidagi shunday ikkinchi sovrini hisoblanadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor