Abduqodir Husainov APLning o'tgan mavsumdagi eng tezkor 7-futbolchisi bo'ldi
Photo: Getty Images
Futbol bo'yicha Angliya Premer-ligasi o'tgan mavsum davomida eng yuqori tezlik qayd etgan o'yinchilarni ma'lum qildi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husainov "Nottingem Forest"ga qarshi bahsdagi 36,29 km/soat tezligi bilan yettinchi natijani ko'rsatgan.
«Tottenhem» himoyachisi Mikki van de Ven 37,12 km/soat tezlik bilan 1-o'rindan joy oldi. 2 va 3-pog'ona 36,65 km/soat tezlikka erisha olgan «Nottinghem Forest» vakili Antoni Elanga va «Brentford» hujumchisi Brayen Mbeumoga nasib etdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor