locale OZ

Abdulvohid Gʻulomov: «Holatim yaxshilanib boryapti»

Futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abdulvohid Gʻulomov: «Holatim yaxshilanib boryapti»
Фото: Андижон ПФК

"Andijon" jamoamizning yetakchilaridan biri Abdulvohid Gʻulomov jarohati tufayli ayni paytda klub bilan birga emas.

Himoyachi OCHL 2 doirasidagi bahsda oyogʻidan jarohat olishi natijasida safdan chiqqandi. Futbolchi klub matbuot xizmatiga shunday dedi:

"Jarohatim "Arkadag" bilan uchrashuvda yuz berdi. Hozir holatim yaxshilanib boryapti. Shifokorimiz nazoratida fizioterapiya muolajalarini olyapman. Xudo xohlasa, 24-dekabr kuni boʻladigan oʻyinga qaytishga maksimal harakat qilaman", - deydi Gʻulomov.

“Abdulvohidga tezroq sogʻayib safga qaytishini tilab qolamiz”, - deyiladi klub xabarida.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting