locale OZ

Abdulloh Yo'ldoshev: Kelasi yili Superligada kurash ancha qizg'in bo'lishi jamoalarning transferlaridan bilinib turibdi

Toshkentning Lokomotiv klubi futbolchisi Abdulloh Yo'ldoshev klub matbuot xizmatiga yakunlangan mavsum va boshqa bir qator savollarga javob berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abdulloh Yo'ldoshev: Kelasi yili Superligada kurash ancha qizg'in bo'lishi jamoalarning transferlaridan bilinib turibdi
photo: Lokomotiv fk

Toshkentning Lokomotiv klubi futbolchisi Abdulloh Yo'ldoshev klub matbuot xizmatiga yakunlangan mavsum va boshqa bir qator savollarga javob berdi.

- Yakunlangan mavsum haqida fikrlaringiz? O'yinlar sonining kamligi jamoaga qanchalik tasir qildi?
- Yakunlangan mavsum biz uchun zo'r o'tdi. Hammasi biz istagandek yakunlandi. O'yinlar sonining kamligi jamoaga unchalik katta ta'sir o'tkazdi deb o'ylamayman. Mavsumni birinchi o'rinda yakunladik, demak o'zimizdan kuchli jamoa bilan o'ynamadik va shu boisdan jamoada o'sish ko'rinmadi deb o'ylayman. Bu ligada raqobat kamroq bo'ldi.

- Ushbu mavsumda 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldingiz. Bu siz uchun yaxshi natijami? O'z o'yiningizdan ko'nglingiz to'ldimi?
- Ikkita gol men uchun, himoyachi uchun yaxshi natija deb hisoblayman. Ushbu mavsumdagi o'yinlarimdan ko'nglim to'ldi. Boshqacha qilib aytganda, o'zimning o'yinimdan qoniqish xosil qilmagan o'yin bo'lmadi. Umumiy qilib aytganda, bu mavsum men uchun yomon o'tmadi.

- Mavsumdagi eng qiyin o'yin siz uchun qaysi biri bo'ldi?
- 19-turda Toshkentda "Olimpik-Mobiuz"ga qarshi o'yinni ayta olaman. Unda 1:1 hisobi qayd etildi. Ikkala jamoa ham g'alabaga o'ynadi. Raqiblarning yaxshi o'yini va hakamlik sababli biroz qiynalib qoldik. O'sha kun barchasini hal qilishimiz mumkin bo'lgandi. Bosimga boy o'yinda hamma qiynaldi.

- Kelasi mavsum haqida fikrlaringiz.
- "Lokomotiv" yangi mavsumda Superligaga kuchli bo'lib qaytadi. Kelasi yili Superligada kurash ancha qizg'in bo'lishi jamoalarning transferlaridan bilinib turibdi. Barcha raqiblarga kurash taklif qilamiz. "Lokomotiv" bilan yuqori o'rinlarni egallash nasib qilsin",-dedi futbolchi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting