Abdugani Kamolov «Qirgizaltin»ga o'tmoqda
Futbolchi faoliyatini Qirg'izistonda davom ettirishga yaqin.
ФОТО: Бишкек Сити
O'zbekistonlik qanot himoyachisi Abdugani Kamolov faoliyatini yana Qirg'izistonda davom ettirishi mumkin.
Sports24.uz xabar berishicha, futbolchi "Qirgizaltin" klubi bilan mashg'ulotlarda qatnashmoqda. Tomonlar tez orada rasmiy kelishuvga erishishi mumkin.
Kamolov bunga qadar Qirg'izistonda o'ynagan. U "Abdish-Ata" va "Bishkek Siti" jamoalarida to'p surgan.
Keyinchalik u Kosovoning "Ferizay" jamoasi bilan bitim imzolagandi. Ammo vizalar sababli kelishuv bekor qilingandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist