Abdug‘afur Haydarov – «Dinamo» futbolchisi
Haydarov jamoa sharafini 2026 yil yakuniga qadar himoya qiladi.
Фото: Олимпик МобиУз
Superliga transfer oynasining so‘nggi kunida “Dinamo” jamoasi hujum chizig‘iga yangi futbolchini taklif etdi.
“Surxon” klubi va O‘zbekiston yoshlar jamoasidagi o‘yinlari bilan tanilgan, 2024 yilda PFL tomonidan “Superligada yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi” deb topilgan Abdug‘afur Haydarov “Dinamo” bilan shartnoma imzoladi.
Joriy mavsum Pro ligada “Olimpik-Mobius” sharafini himoya qilib, hozirgacha 11 o‘yinda 5 ta gol muallifiga aylangan 21 yoshli hujumchi erkin agent sifatida “Dinamo”ga o‘tdi va jamoa sharafini 2026 yil yakuniga qadar himoya qiladi. Haydarov 11 avgust kuni tarkibga qo‘shiladi.
Haydarov o‘tgan ikki mavsum “Surxon” safida 38 o‘yinda 15 ta gol, “Qo‘qon-1912” tarkibida esa 16 o‘yinda 2 ta gol muallifiga aylangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist