Abbosbek Fayzullayev Urugvayga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Quvaytga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Фото: ЎФА
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Quvaytga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni tark etgan edi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, Fayzullayev Urugvayga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi.
"Futbolchimizga sog‘lik tilaymiz" – deyiladi O‘FAning rasmiy bayonotida.
Eslatib o‘tamiz. O‘zbekiston – Urugvay uchrashuvi 13 oktyabr kuni Malayziyada o‘tkaziladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist