locale OZ

Abbosbek Fayzullayev: Bolaligimizdan Jahon chempionati haqida orzu qilganmiz

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekiston terma jamoasi va CSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullayev terma jamoaning Jahon chempionati‑2026ga yo‘llanma olgani haqida fikr bildirdi.

— Bu hislarni ifoda etish juda qiyin. Biz bolaligimizdan shunday kunni orzu qilganmiz. Televizor orqali Jahon chempionatini ko‘rib, bir kuni o‘sha yerda bo‘lishni xohlagandik. Endi esa bu maqsadga yetishtik.

— Prezident Shavkat Mirziyoyev qo‘ng‘iroq qilgan ekan. Nima dedilar?

— Yangi yutug‘imiz bilan tabriklab, yaxshi so‘zlar aytishdi. Prezidentning doimiy e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi natija berayotgani aniq. Xalqimizni chin qalbdan tabriklayman — bu muvaffaqiyat barchamizniki.

Jahon chempionati‑2026 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada o‘tadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting