Abbosbek Fayzullayev “Benfika”ga o'tishi mumkin edi, ammo...
Pro Sports Management kompaniyasi rahbari German Tkachenko Sport24 muxbiri Aleksandr Muyjnekka bergan intervyusida "Benfika" SSKA hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullayevning transferi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni xohlamaganini aytdi.
– Avvalroq Rossiya futboli Yevropa bozorida rad qilinayotgani haqida gapirgan edingiz. Hozirda buni yengib o‘tish tendensiyasi bormi?
– Bunga umid qilyapman. Bizga munosabat yumshoqlashdi. Masalan, "Sanderlend" tavakkal qilib, "Zenit"ga Izidor uchun pul to‘ladi, Safonov esa PSJga o‘tdi. Bu hali tendensiyadagi yakuniy burilish nuqtasi emas, evolyusiya jarayonda.
– Qanaqa qarama-qarshi misollar mavjud?
– Fayzullayev masalasini "Benfika" bilan muhokama qildik. Ammo birinchi bosqichdayoq klub rossiyaliklar bilan o‘zaro munosabatlarga kirishmasligini bildirib, "yo‘q" dedi.
– Bu SSKA bo‘lgani uchunmi?
– Biz chuqurlashmadik. Shu bilan aloqalar uzilib qoldi. "Biz Rossiya bilan ish qilmaymiz" tezisi paydo bo‘ldi.