locale OZ

Abbosbek Fayzullayev: «Barcha uchrashuvda gʻalaba uchun maydonga chiqamiz»

O'zbekiston K guruhidan o'rin oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbosbek Fayzullayev: «Barcha uchrashuvda gʻalaba uchun maydonga chiqamiz»
Фото: ЎФА

JCh-2026 qur’asidan keyin Oʻzbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri Abbosbek Fayzullayev oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi:

“Qiziqarli guruhga tushdik. Har bir oʻyin, ayniqsa, Portugaliyaga qarshi kechadigan bahs qiyin oʻtishi aniq. Lekin biz barcha uchrashuvda gʻalaba uchun maydonga chiqamiz va guruhdan chiqish uchun harakat qilamiz”.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi boʻlajak mundialda Portugaliya, Kolumbiya va 1-qit’alararo saralash bosqichi gʻolibi (Yangi Kaledoniya, Yamayka, Kongo DR) bilan “K” guruhidan joy olgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting