A seriyaning ikki klubi Rabiot uchun kurashmoqda
Фото: Getty Images
“Marsel” yarim himoyachisi Adrien Rabiot faoliyatini yana Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Insayder Fabrizio Romano xabar berishicha, futbolchiga "Milan" va "Napoli" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, "Marsel" yarim himoyachini Liga 1 1-turidan o‘rin olgan "Renn"ga (0:1) qarshi o‘yindan keyin jamoa kiyinish xonasida yuzaga kelgan janjal tufayli transferga qo‘ygandi.
"Napoli" futbolchining onasi va agenti Veronique bilan bevosita muloqot qilgan. Klub Rabiotning qancha maosh so‘rayotganini bilish maqsadida uning agenti bilan uchrashgan.
“Milan” esa Rabiotning moliyaviy talablarini bajara olishga tayyor ekani aytilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist