A Seriyaning eng qimmat klubi aniqlandi
FOTO: Goal.com
Milanning “Inter” klubi tarkib jihatdan A Seriyaning eng qimmat klubiga aylandi. Amaldagi Skudetto sohibi futbolchilarining umumiy qiymati 664 million yevroni tashkil qiladi.
Ikkinchi o'rinni Turinning “Yuventus” klubi egallab turibdi. “Byankoneri” futbolchilarining umumiy qiymati 623 million yevroga teng deb baholandi. Kuchli uchlikni 542 million yevro bilan “Milan” yakunlab berdi.
Eng qimmat tarkibga ega A Seriyaning top-5 klubi quyidagicha:
- “Inter” - 664 million yevro.
- “Yuventus” - 623 million yevro.
- “Milan” - 542 million yevro.
- “Atalanta” - 479 million yevro.
- “Napoli” - 356 million yevro.
Nasrullo Karimov
Jurnalist