locale OZ

A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi va murabbiylari ma’lum qilindi

Ro‘yxatda "Yuventus" va "Napoli" jamoalari futbolchi va murabbiylari peshqadam.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi va murabbiylari ma’lum qilindi
ФОТО: Getty images

Frantsiyaning L’Equipe nashri A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi va murabbiylari reytingini tuzdi.

Ro‘yxatning birinchi o‘rnida “Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovich joy olgan. U oyiga 1,85 million yevro oladi.

Top-5 quyidagicha:
1. Dushan Vlahovich (“Yuventus”) – oyiga 1,85 mln yevro;
2. Lautaro Martines (“Inter”) – 1,39 mln yevro;
3. Paulo Dibala (“Roma”) – 1,08 mln yevro;
4. Nikolo Barella (“Inter”) – 1 mln yevro;
5. Hakan Chalxanog‘li (“Inter”), Jonatan Devid (“Yuventus”), Kevin de Bryuyne (“Napoli”) – 930 ming yevro.

Murabbiylar orasida esa eng yuqori maosh Antonio Kontega (“Napoli”, oyiga 1,3 mln yevro) to‘lanadi. Uchlikdan Massimiliano Allegri (“Milan”) va Jan-Piero Gasperini (“Roma”) ham o‘rin olgan — 800 ming yevrodan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting