locale OZ

A Seriyaning 3 klubi Ikardiga jiddiy qiziqmoqda

Futbolchining turk klubi bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriyaning 3 klubi Ikardiga jiddiy qiziqmoqda
ФОТО: Getty images

“Galatasaray” hujumchisi Mauro Ikardi turk klubini tark etishi mumkin, bu haqda Sportmediaset nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, unga A Seriyaning bir necha jamoalari qiziqmoqda. Xususan, “Milan”, “Como” va “Roma” 32 yoshli argentinalikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda Ikardi “Galatasaray” safida barcha turnirlarda 21 ta o‘yin o‘tkazdi va 8 ta gol urdi.

Futbolchining turk klubi bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Portal futbolchining qiymatini 6 million yevro deb baholaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting