locale OZ

A Seriyada yil boshidan buyon narxi eng koʻp koʻtarilgan futbolchilar eʼlon qilindi

Unga koʻra, Niko Pas reytingda yuqori pogʻonada qayd etildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriyada yil boshidan buyon narxi eng koʻp koʻtarilgan futbolchilarning eʼlon qilindi
FOTO: Getty Images

Nufuzli Transfermarkt portali Italiya chempionati futbolchilarining bozor qiymatini yangiladi va 2026 yil boshidan buyon narxi eng koʻp oshgan oʻyinchilarni aniqladi. Reytingda «Komo» yarimhimoyachisi Niko Pas hamda «Napoli» hujumchisi Alisson Santos tengsiz boʻlishdi — har ikkala futbolchining narxi qisqa muddatda 15 million yevroga qimmatladi.

Italiya A Seriyasida narxi eng koʻp oshgan top-10 futbolchi:

  1. Niko Pas («Komo») – € 80 mln (+ € 15 mln)
  2. Alisson Santos («Napoli») – € 28 mln (+ € 15 mln)
  3. Rasmus Xoylund («Napoli») – € 60 mln (+ € 10 mln)
  4. Yann Bissek («Inter») – € 50 mln (+ € 10 mln)
  5. Doniell Malen («Roma») – € 45 mln (+ € 10 mln)
  6. Petar Suchich («Inter») – € 40 mln (+ € 10 mln)
  7. Nikkolo Pisilli («Roma») – € 30 mln (+ € 10 mln)
  8. Artyur Atta («Udineze») – € 25 mln (+ € 10 mln)
  9. Sher Ndur («Fiorentina») – € 20 mln (+ € 10 mln)
  10. Oliver Nilsen («Latsio») – € 16 mln (+ € 8,5 mln)

Eslatib oʻtamiz, yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumda «Inter» 87 ochko jamgʻargan holda Italiya chempioniga aylandi. «Napoli» esa 76 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pogʻonasidan joy oldi. Kuchli toʻrtlikni «Roma» (73) va sensatsion tarzda «Komo» (71) klublari yakunlab berishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting