A seriyada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Yulduz 2 o‘yinda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
ФОТО: Getty images
“Yuventus” vingeri Kenan Yildiz A seriyada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Turkiyalik futbolchi Italiya chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun oʻtkazilgan ovoz berishda gʻolib boʻldi. Shuningdek, Tomas Kristensen ("Udineze"), Skott Maktominay ("Napoli"), Niko Pas ("Komo"), Matias Soule ("Roma") va Markus Tyuram ("Inter") ham sovringa da’vogar sifatida qatnashgan edi.
2025/26 yilgi mavsum boshidan beri Yildiz A seriyaning 2 ta oʻyinida 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist