A Seriya. «Yuventus» safarda «Atalanta»ni magʻlub etib, kuchli toʻrtlikka qaytdi
Italiya chempionatining 32-tur oʻyinlari davom ettirildi.
FOTO: Getty Images
Italiya A Seriyasining 32-turi doirasida «Atalanta» hamda «Yuventus» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Bergamodagi «Jeviss — Atleti Adzurri d’Italiya» stadionida kechgan bahsda mehmonlar 1:0 hisobidagi kichik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
O‘yindagi yagona golga Jeremi Boga mualliflik qildi. Turinning «Yuventus» klubi yarimhimoyachisi ikkinchi bo‘lim boshida, ya’ni 48-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.
Ayni damda «Atalanta» 32 ta o‘yindan so‘ng 53 ochko jamlagan holda Italiya chempionati turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. «Yuventus» esa 60 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist