locale OZ

A Seriya. «Roma» «Kremoneze»ni mag'lub etib, 1-o'ringa chiqdi

Italiya chempionatida 12-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Roma» «Kremoneze»ni mag'lub etib, 1-o'ringa chiqdi
ФОТО: Getty images

Italiya chempionatining 12-turida "Roma" safarda "Kremoneze"ga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Soule, Fergyusson va Uesli "bo'rilar" safida gol muallifi bo'lishdi. Folino esa mezbonlarning yagona goliga mualliflik qildi.

Natijada Gasperini jamoasi ochkolar sonini 27 taga yetkazib, "Napoli"ni (25) ortda qoldirgan holda peshqadamlikni qo'lga oldi. "Kremoneze" esa 14 ochko bilan 12-pog'onada qoldi.

A Seriya. 12-tur
Kremoneze — Roma 1:3
Gollar: Folino (90+3) — Soule (17), Fergyusson (64), Uesli (69).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting