A Seriya. «Roma» «Jenoa» ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga 4-o‘ringa ko‘tarildi
Uchrashuvda jami 4 ta gol urildi.
ФОТО: Getty images
"Roma" Italiya chempionatining 17-turida o‘z maydonida "Jenoa"ni mag‘lub etdi - 3:1.
Birinchi bo‘limda mezbonlar uchta gol urishdi, gollarga argentinalik hujumchi Matias Soule, fransiyalik yarim himoyachi Manu Kone va irlandiyalik hujumchi Evan Fergyuson mualliflik qilishdi. Ikkinchi bo‘lim so‘ngida "Jenoa"ning nigeriyalik forvardi Jeff Exator oradagi farqni 1 taga qisqartirdi.
Natijada "Roma" ochkolarini 33 taga yetkazib, to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. "Jenoa" ketma-ket 17 o‘yindan keyin 14 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.
A Seriya. 17-tur
Roma - Jenoa - 3:1
Gollar: Soule, 14 (1:0). Kone, 19 (2:0). Fergyuson, 31 (3:0). Exator, 87 (3:1)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist