locale OZ

A Seriya. «Napoli» o‘z maydonida «Fiorentina»ni magʻlub etdi

Italiya chempionatining 23-tur oʻyinlari start oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Napoli» o‘z maydonida «Fiorentina»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Italiya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan «Napoli» hamda «Fiorentina» jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Neapoldagi afsonaviy «Diego Armando Maradona» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi.

Rimlik hakam Federiko La Penna boshqarib borgan uchrashuvda hisob kutilmaganda darvozabonning uzatmasidan so‘ng ochildi. O‘yinning 11-daqiqasida «Napoli» posboni Aleks Meretning pasidan so‘ng yarimhimoyachi Antonio Vergara raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘lim boshida, 49-daqiqada mezbonlar himoyachisi Migel Guterres hisobdagi farqni oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Mehmonlar safida Manor Solomon 57-daqiqada gol urib, hisobni qisqartirgan bo‘lsa-da, «Fiorentina» muvozanatni tiklay olmadi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Napoli» ochkolari sonini 46 taga yetkazib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Neapolliklar peshqadam «Inter»dan 6 ochkoga ortda qolmoqda, biroq milanliklar hisobida bitta zaxira o‘yini bor. «Fiorentina» esa 17 ochko bilan hamon turnir jadvalining quyi qismida — 18-pog‘onada bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting