A seriya. «Napoli» mehmonda «Fiorentina»ni ishonchli tarzda mag'lub qildi
Italiya A seriyasi 3-tur doirasidagi «Napoli» hamda «Fiorentina» jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lib o'tdi. Unda mehmonlar 1:3 hisobidagi ishonchli g'alabaga erishdi. De Bryuyne penaltidan gol urdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Napoli» o‘z ochkolari hisobini 9 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Fiorentina» esa 2 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.
Italiya A seriyasi. 3-tur.
«Fiorentina» - «Napoli» 1:3
Gollar: De Bryuyne (6), Xeylund (14), Bekema (51), Raneri (79).
Fiorentina - De Xea, Raneri, Pongrachich, Komutsso, Gozens, Zom, Fadjoli, Mandragora, Dodo, Djeko, Kin.
Napoli - Milinkovich-Savich, Spinatssola, Buondjorno, Bekema, Di Lorenso, Maktominey, Lobotka, de Bryuyne, Zambo-Angissa, Politano, Xeylund.
Ogohlantirish: Pioli (87).