locale OZ

A Seriya. «Napoli» 90+5-daqiqada gol urib, g‘alabani ilib ketdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Napoli» 90+5-daqiqada gol urib, g‘alabani ilib ketdi
Фото: Getty Images

Italiya chempionatining 2-turida "Napoli" o‘z maydonida "Kalyari"ni qabul qildi.

Amaldagi chempion 90+5-daqiqada Andre Zambo Anguissa tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alabani ilib ketdi.

Neapol klubi ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ochkolari sonini oltitaga yetkazdi. "Kalyari" esa bir ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.

Eslatib o‘tamiz, “Napoli” kelasi tur uchrashuvini 13 sentabr kuni safarda “Fiorentina”ga qarshi o‘tkazadi. “Kalyari” esa uyda “Parma”ni qabul qiladi.

A Seriya. 2-tur
"Napoli" 1:0 "Kalyari"
Gol: Anguissa 90+5

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting