locale OZ

A Seriya. «Latsio» 90+13-daqiqada gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Uchrashuvda jami oltita gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Latsio» 90+13-daqiqada gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
ФОТО: Getty images

Italiya A Seriyasining 6-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Rimda “Latsio” va “Torino” o‘zaro bahs olib borib, yakunda tomonlar 3:3 hisobidagi jangovar durangga imzo chekdi.

E’tiborlisi shundaki, “burgutlar” uchrashuvning 90+13-daqiqasida penaltidan hisobni tenglashtirib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Shu tariqa, “Latsio” o‘z ochkolari hisobini 7 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Torino” esa 5 ochko bilan 16-o‘rinda qoldi

A Seriya. 6-tur
“Latsio” — “Torino” 3:3
Gollar: Kanseleri (24, 40), Kataldi (90+13) — Simeone (16), Adams (73), Koko (90+3).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting