A Seriya. «Komо» «Sassuolo»dan ustun keldi
Italiya chempionatida 13-tur uchrashuvlari start oldi.
ФОТО: Getty images
Italiya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan dastlabki bahsda “Komо” o‘z maydonida “Sassuolo”ni qabul qildi.
Bellashuv 2:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi.
Natijada Fabregas shogirdlarining barcha turnirlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 12 o‘yinga yetdi.
Shu tariqa, “Komо” 24 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Bu bilan klub “Inter”ga yetib oldi. “Sassuolo” esa 17 ochko bilan 9-pog‘onada bormoqda.
A Seriya. 13-tur
Komо — Sassuolo 2:0
Gollar: Duvikas (14), Moreno (53).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist