locale OZ

A Seriya. «Inter» o‘z maydonida «Roma»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Hozirda milanliklar turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Inter» o‘z maydonida «Roma»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
FOTO: Getty Images

Italiya chempionatining 31-turi doirasida turnir jadvali peshqadami «Inter» oʻz maydonida «Roma»ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan ushbu bahsda mezbonlar 5:2 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yinning bor-yo‘g‘i 2-daqiqasida hujumchi Lautaro Martines hisobni ochib, milanliklarni oldinga olib chiqdi. 40-daqiqada rimliklar himoyachisi Janluka Manchini muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Biroq birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda (45+2') Xoqon Chalxanog‘lu «neradzurrilar»ning ikkinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘limda mezbonlarning ustunligi yaqqol ko‘zga tashlandi:

  • 52-daqiqada Lautaro Martines dublni rasmiylashtirdi;
  • 55-daqiqada Markus Tyuram hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi;
  • 63-daqiqada esa Nikolo Barella jamoasining beshinchi goliga mualliflik qildi.

Uchrashuvning 70-daqiqasida «Roma» yarimhimoyachisi Lorenso Pellegrini rimliklarning ikkinchi golini urib, yakuniy hisobni oʻrnatdi — 5:2.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Inter» 31 o‘yindan 72 ochko jamg‘argan holda Italiya chempionatida yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Roma» esa 54 ochko bilan turnir jadvalining 6-pog‘onasidan joy olgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting