A seriya. Gollarga boy baxsda «Milan» g‘alaba qozondi
O‘yinda jami 5 ta gol urildi.
ФОТО: Getty images
Italiya chempionati 30-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Milan» o‘z maydonida «Torino»ni qabul qilib, muxlislarga dramatik va gollarga boy baxs taqdim etdi. "San-Siro" stadionida o‘tgan o‘yinda maydon egalari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Allegri jamoasi ochkolar sonini 63 taga yetkazib, 2-o‘ringa qaytdi. Turin klubi esa 33 ochko bilan 14-pog‘onada.
A Seriya. 30-tur
“Milan” — “Torino” 3:2
Gollar: Pavlovich 36, Rabio 54, Fofana 56 – Simeone 44, Vlasic 82 penalti
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist