locale OZ

A Seriya. «Atalanta» uyida «Roma»ni mag'lub etdi

Birgina gol bahs taqdirini butunlay hal qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Atalanta» uyida «Roma»ni mag'lub etdi
ФОТО: Getty images

"Atalanta" Italiya chempionatining 18-turidan oʻrin olgan "Roma"ga qarshi bahsda gʻalaba qozondi - 1:0.

Yagona golni oʻyinning 12-daqiqasida himoyachi Jorjio Skalvini kiritdi. Birinchi boʻlim oxirida VAR ofsayd sababli Janluka Skamakkaning golini bekor qildi.

Shunday qilib, "Atalanta" ochkolarini 25 taga yetkazib, A Seriya turnir jadvalida 8-oʻringa koʻtarilib oldi. "Roma" esa 18 oʻyinda 33 ochko toʻplagan holda 5-pogʻonaga tushib ketdi.

A Seriya. 18-tur

Atalanta - Roma - 1:0

Gol: Skalvini, 12 (1:0)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting