A Seriya. «Atalanta» «Fiorentina»dan ustun keldi
Ikki gol bellashuv taqdirini hal qildi.
ФОТО: Getty images
Italiya chempionatining 13-turida “Atalanta” o‘z maydonida “Fiorentina”ni qabul qildi.
Bellashuv 2:0 hisobida bergamoliklarning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Gollar Kossunu va Lukman tomonidan kiritildi.
Natijada “Atalanta” 16 ochko bilan 11-o‘ringa chiqib oldi. G‘alaba nimaligini bilmayotgan florentsiyaliklar esa 6 ochko bilan 19-pog‘onaga joylashgan.
A Seriya. 13-tur
Atalanta — Fiorentina 2:0
Gollar: Kossunu (41), Lukman (51).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist