A seriya. 6-turning markaziy bahsida Yuventus Milan bilan nursiz durang o'ynadi
Italiya A seriyasining 6-turidan o'rin olgan Yuventus hamda Milan jamoalari o'rtasidagi bellashuv bo'lib o'tdi.
Turning markaziy bahsi maqomiga ega bo'lgan ushbu o'yinda jamoalar harchand urinishmasin hisobni ocha olishmadi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda nursiz durang qayd etildi. «Milan» ochkolarini 13 taga yetkazdi va 3-o‘rinda qoldi. Mag‘lubiyat nimaligini bilmayotgan Tudor jamoasi esa 12 ochko bilan 5-pog‘onada.
«Rossoneri» to‘purari Kristian Pulishich penaltidan foydalana olmadi.
A Seriya. 6-tur
Yuventus — Milan 0:0
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Pulishich (53).
Yuventus — Di Gregorio, Gatti, Rugani (Kostich, 86), Kelli, Kalulu, Lokatelli, Makkenni, Kambiyazo, Konseysau (Tyuram, 68), Yildiz (Openda, 68), Devid (Vlahovich, 68).
Milan — Menyan, Tomori, Gabbia, Pavlovich, Salemakers, Fofana (Loftus-Chik, 63), Modrich, Rabio, Bartesagi, Ximenes (Leau, 63), Pulishich (Nkunku, 74).
Ogohlantirishlar: Fofana (45), Lokatelli (49), Bartesagi (59), Gatti (74).