A Seriya. 25-turda qayd etilgan barcha natijalar va turnir jadvalidagi holat
Dushanba, 16 fevral kuni Italiya A Seriyasining 2025/2026 yilgi mavsumi 25-turi yakunlandi. «Stadion.uz» bo'lib o'tgan uchrashuvlar natijalarini taqdim etadi.
A Seriya 25-tur natijalari:
13 fevral, juma:
«Piza» — «Milan» — 1:2.
14 fevral, shanba:
«Komo» — «Fiorentina» — 1:2;
«Latsio» — «Atalanta» — 0:2;
«Inter» M — «Yuventus» — 3:2.
15 fevral, yakshanba:
«Udineze» — «Sassuolo» — 1:2;
«Parma» — «Verona» — 2:1;
«Kremoneze» — «Jenoa» — 0:0;
«Torino» — «Bolonya» — 1:2;
«Napoli» — «Roma» — 2:2.
16 fevral, dushanba:
«Kalyari» — «Lecce» — 0:2.
25-tur yakunlariga ko'ra, «Inter» 61 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi pog'onada 24 o'yindan so'ng 53 ochko jamg'argan «Milan» bormoqda. Kuchli uchlikni 50 ochko bilan «Napoli» yakunlab bergan.