74 yoshli Louis van Gaal yana Niderlandiya terma jamoasini boshqarishi mumkin
Agar Niderlandiya futbol assotsiatsiyasi xohlasa, u muzokaralarga ochiq.
ФОТО: Getty images
Niderlandiyalik murabbiy Louis van Gaal mamlakat Qirollik Futbol Assotsiatsiyasi (KNVB) bilan milliy terma jamoani boshqarish haqida muzokaralar olib borishga tayyor, deb xabar beradi De Telegraaf.
Uning hozirgi sog‘lig‘i ishlashga imkon beradi, ammo terma jamoaga qaytish uning asosiy maqsadi emas. Agar Niderlandiya futbol assotsiatsiyasi xohlasa, u muzokaralarga ochiq. Van Gaal terma jamoaning aksariyat tarkibi bilan tanish va xalqaro turnirlarni faol kuzatib boradi, deyiladi xabarlarda.
Louis van Gaal ilgari Niderlandiya terma jamoasini 2000-2001 yillarda, 2012-2014 yillarda va 2021-2022 yillarda boshqargan.
2014 yilgi jahon chempionatida u Niderlandiya terma jamoasi bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist