locale OZ

63 yillik tarixga ega to‘qnashuv: «Neftchi» - «Dinamo» o‘yini oldidan

1992 yildan boshlangan O‘zbekiston chempionatlari tarixida o‘zaro 57 bor to‘qnash kelishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
63 yillik tarixga ega to‘qnashuv: «Neftchi» - «Dinamo» o‘yini oldidan
Фото: Динамо ПФК

63 yillik qarama-qarshilik tarixiga ega azaliy raqiblar «Dinamo» va «Neftchi» 20 sentabr kuni Farg‘onada o‘zaro to‘qnash keladi.

O‘zaro o‘yinlar tarixi
1960 yilda tashkil topgan Samarqand klubi va 1962 yilda tashkil etilgan Farg‘ona jamoasi Sobiq Ittifoq chempionatlaridan tashqari, 1992 yildan boshlangan O‘zbekiston chempionatlari tarixida o‘zaro 57 bor to‘qnash kelishgan.

Superliga va Pro ligadagi natijalar «Neftchi»ning ustunligini ko‘rsatmoqda. Farg‘onaliklar 57 bahsning 39 tasida g‘alaba qozongan. Aksariyat g‘alabalar «Neftchi»ning 26 yillik ustozi Yuriy Sarkisyan davriga to‘g‘ri keladi. 14 uchrashuvda «Dinamo»ning qo‘li baland kelgan. 4 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan.

2-o‘rindagi «Neftchi» so‘nggi turda «Paxtakor»ga mag‘lub bo‘ldi, «Dinamo» esa oxirgi o‘yinida kubok doirasida «Sho‘rtan» ustidan yirik g‘alabaga erishdi. Farg‘onada o‘tadigan shanba kungi bahs turning markaziy uchrashuvi sanaladi.

Superliga, 22-tur.
20 sentabr (shanba)
«Neftchi» — «Dinamo»
Farg‘ona, "Istiqlol"
Bosh hakam: Ahrol Risqullaev
O‘yin vaqti: 19:15

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting