39 yoshli Noyer Germaniya terma jamoasiga qaytishi mumkin
Eslatib o‘tamiz, Noyer 2024 yilning yozida terma jamoadan ketgan edi.
ФОТО: Getty images
"Bavariya" posboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasiga yana chaqirilishi mumkin. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bosh murabbiy Yulian Nagelsmann shaxsan Noyer bilan suhbat o‘tkazishi kerak. Shundan so‘ng uni yana terma jamoaga chaqirmoqchi.
Murabbiy birinchi qadamni qo‘yib, 39 yoshli darvozabonga jamoaga zarurligini va unga ishonch bildirilayotganini ochiq aytishi talab etiladi.
Qayd etilishicha, Nagelsmann va Noyer o‘rtasidagi munosabatlar hech qachon iliq bo‘lmagan va ideal darajada emas.
Eslatib o‘tamiz, Noyer 2024 yilning yozida terma jamoadan ketgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist