locale OZ

2026 yilgi «Oltin toʻp» uchun asosiy daʼvogarlar roʻyxati eʼlon qilindi (TOP-5)

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele ushbu roʻyxatga kiritilmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
2026 yilgi «Oltin toʻp» uchun asosiy daʼvogarlar roʻyxati eʼlon qilindi (TOP-5)
FOTO: Getty Images

X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻida faol boʻlgan Score 90 nashri 2026 yilgi «Oltin toʻp» sovrini uchun ilk reytingini eʼlon qildi.

Manbaga koʻra, bu roʻyxat hozircha mavsumning dastlabki bosqichi uchun tuzilgan boʻlib, unda futbolchilarning joriy koʻrsatkichkari bilan birga ularning umumiy darajasi va potensiali ham inobatga olingan.

Score 90 talqiniga koʻra, «Oltin toʻp» uchun daʼvogar boʻlgan TOP-5 nomzodlar ro'yxati quyidagicha:

1. Kilian Mbappe («Real»)

2. Erling Holand («Man Siti»)

3. Harri Keyn («Bavariya»)

4. Lamin Yamal («Barselona»)

5. Vinisius Junior («Real»)

Eslatib oʻtamiz, 2025 yilgi «Oltin toʻp» sovrini Fransiya milliy jamoasi va «PSJ» hujumchisi Usmon Dembelega nasib etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting