2026-yilgi “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar reytingi e’lon qilindi - The Independent
Britaniyaning The Independent nashri 2026-yilgi “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritish imkoniyati eng yuqori bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini tuzdi. Reytingning birinchi pog‘onasidan “Manchester Siti” va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri joy oldi.
Kuchli uchlikka “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn hamda “Barselona” vingeri Lamin Yamal ham kiritildi. “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe to‘rtinchi, “Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi esa beshinchi o‘rinda qayd etildi.
The Independent talqinidagi top-10:
- Rodri — “Manchester Siti”, Ispaniya
- Harri Keyn — “Bavariya”, Angliya
- Lamin Yamal — “Barselona”, Ispaniya
- Kilian Mbappe — “Real Madrid”, Fransiya
- Lionel Messi — “Inter Mayami”, Argentina
- Usmon Dembele — PSJ, Fransiya
- Erling Holand — “Manchester Siti”, Norvegiya
- Jud Bellingem — “Real Madrid”, Angliya
- Maykl Olise — “Bavariya”, Fransiya
- Vinisius Junior — “Real Madrid”, Braziliya.
Ma’lumot uchun, 2025-yilgi “Oltin to‘p” sovrinini PSJ va Fransiya terma jamoasi vingeri Usmon Dembele qo‘lga kiritgan edi. Mazkur ro‘yxat The Independent nashrining taxminiy reytingi bo‘lib, mukofot uchun rasmiy nomzodlar ro‘yxati hisoblanmaydi.