locale OZ

2026-yilda Oʻzbekiston media futbol ligasining ilk mavsumi oʻtkaziladi

Rejaga koʻra, chempionat 2026-yilning 1-mart kuni start olib, 14-iyuniga qadar davom etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
2026-yilda Oʻzbekiston media futbol ligasining ilk mavsumi oʻtkaziladi
Фото: Olympic.uz

Bugun Oʻzbekiston media futbol ligasining (United MFL) dastlabki mavsumiga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi. Tadbirda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirok etib, mamlakat sportida ilk bor amalga oshirilayotgan ushbu loyihani qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Tashabbus hamyurtlarimiz orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, shuningdek, futbolga boʻlgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi. Konferensiya davomida boʻlajak musobaqa haqida batafsil maʼlumot berildi.

Rejaga koʻra, chempionat 2026-yilning 1-mart kuni start olib, 14-iyuniga qadar davom etadi. Unda 16 jamoa ishtirok etadi. Shu bilan birga, kelgusida United MFL doirasida kubok bellashuvlarini tashkil etish ham koʻzda tutilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting