locale OZ

1924 yil 16 may kuni Markaziy Osiyodagi birinchi stadion — «Qizil Sportintern» (hozirgi «Dinamo») ochilib, sport hayotining markaziga aylandi

1918 yildan boshlab shaharlar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar muntazam tus oldi,
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
1924 yil 16 may kuni Markaziy Osiyodagi birinchi stadion — «Qizil Sportintern» (hozirgi «Dinamo») ochilib, sport hayotining markaziga aylandi
Photo: tashcitysport

Toshkent futboli tarixi 1912 yilda boshlanadi. O‘sha yili harbiy okrug shtabi matbaasi huzurida va mahalliy o‘quv yurtlarida dastlabki jamoalar paydo bo‘lgan. 1913 yilda esa Toshkent sport ixlosmandlari jamiyati — «TOLS» tashkil etilib, shaharning birinchi rasmiy futbol jamoasiga aylandi. O‘sha yilning o‘zida «TOLS» samarqandlik «SKF» ustidan 5:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

Revolyutsiyadan keyin Toshkentda futbol jadal rivojlana boshladi. 1918 yildan boshlab shaharlar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar muntazam tus oldi, 1920 yilga kelib esa shaharda 15 dan ortiq sport jamiyatlari faoliyat yuritayotgan edi. 1921 yilda toshkentliklar Moskva futbol jamoasini qabul qildilar.

1924 yil 16 may kuni Markaziy Osiyodagi birinchi stadion — «Qizil Sportintern» (hozirgi «Dinamo») ochilib, sport hayotining markaziga aylandi.

1925 yilda uchta sinf bo‘yicha 28 jamoani jamlagan birinchi Toshkent chempionati o‘tkazildi va unda «Profintern» jamoasi g‘olib bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay, 1926 yilda shaharlar o‘rtasida O‘zbekiston SSR chempionati boshlandi, Toshkent terma jamoasi esa uning ilk chempioni bo‘ldi. Shu yili 10 ming tomoshabinga mo‘ljallangan «Spartak» stadioni ham foydalanishga topshirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting