16 yoshli Rio Ngumoa «Liverpul» tarixiga kirdi
“Liverpul”ning yosh hujumchisi Rio Ngumoa Angliya Premyer-ligasi 2-turida “Nyukasl”ga qarshi kechgan bahsda (3:2) so‘nggi daqiqalarda g‘alaba golini urdi va liga tarixidagi to‘rtinchi eng yosh to‘purar bo‘ldi.
16 yosh-u 361 kunligida gol urib, bu ro‘yxatda Ueyn Runi, Jeyms Milner va Jeyms Vogan ortidan joy oldi.
Murabbiy Arne Slot o‘yin oxirida o‘smirni maydonga tushirdi va u 100-daqiqada hal qiluvchi zarbani amalga oshirdi. Bu gol Ngumoani “Liverpul” tarixidagi eng yosh to‘purar bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Quyida Premyer-liganing eng yosh to‘purlari bilan tanishing:
Jeyms Vogan – 16 yosh 270 kun (“Everton”, 2005);
Jeyms Milner – 16 yosh 356 kun (“Lids”, 2002);
Ueyn Runi – 16 yosh 360 kun (“Everton”, 2002);
Rio Ngumoa – 16 yosh 361 kun (“Liverpul”, 2025).