locale OZ

Transfer bozoridagi eng qimmat 8 nafar erkin agent: Vlahovichdan Goretzkagacha

Hozirgi kunda bozoridagi eng qimmat 8 nafar erkin agent bilan tanishing.
Eksklyuziv yangiliklar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Transfer bozoridagi eng qimmat 8 nafar erkin agent: Vlahovichdan Goretzkagacha
ФОТО: Getty images

Yevropaning yetakchi chempionatlarida yozgi transfer oynasining yopilishiga atigi bir oy vaqt qolgan bo‘lsa-da, bir qator mashhur futbolchilar hali ham yangi klub topgani yo‘q. Chempionlar ligasi g‘oliblari, yuz millionlab yevrolik transferlarda ishtirok etganlar va yaqinda Yevropaning eng kuchli klublarida asosiy figura bo‘lgan yulduzlar o‘zlariga mos takliflarni kutmoqda.

Transfermarkt talqiniga ko‘ra, hozirgi kunda bozoridagi eng qimmat 8 nafar erkin agent bilan tanishing.

1. Dushan Vlahovich — 35 million yevro

Reytingning birinchi pog‘onasini serbiyalik hujumchi Dushan Vlahovich egallab turibdi. Uning “Yuventus” bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent maqomiga ega bo‘ldi.

Vlahovich 2022 yil qishida “Fiorentina”dan 85 million yevroga Turinga ko‘chib o‘tgan va Italiya futboli tarixidagi eng qimmat transferlardan biri sifatida qayd etilgan edi. Biroq uning “bianconeri”dagi faoliyati kutilgan darajada bo‘lmadi.

O‘tgan mavsum son qismidagi jarohati sababli to‘rt oy maydonga tusha olmadi, biroq 23 o‘yinda 10 ta gol va 2 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

2. Muhammad Salah — 22 million yevro

Misrlik yulduz Muhammad Salahning “Liverpul”dagi afsonaviy davri nihoyasiga yetdi. U “Enfild”ni klub tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri sifatida tark etdi.

34 yoshli hujumchi “qizillar” safida 250 dan ortiq gol urdi. Garchi uning so‘nggi yillardagi statistikasi ilgari kabi yuqori bo‘lmasa-da, Jahon chempionati–2026da milliy jamoada hali ham yuqori saviyada harakat qila olishini namoyon etdi.

Salahga Yaqin Sharq klublaridan katta maoshli takliflar bor, ammo u Yevropani tark etishga shoshilmayapti. Ayni paytda eng jiddiy muzokaralar Turkiyaning “Beshiktosh” klubi bilan kechmoqda.

3. Jeydon Sancho — 18 million yevro

Jeydon Sancho so‘nggi yillarda amalga oshmagan katta umidlar ramziga aylandi. U “Borussiya” Dortmundda porlaganidan so‘ng, 2021 yili “Manchester Yunayted” uni 85 million yevroga xarid qilgan edi. Ammo keyinchalik ingliz vingerining faoliyati pasayish yo‘liga kirdi.
Shunga qaramay, Sancho 26 yoshida uchta Yevropa klub turniri finalida ishtirok etdi, bozor qiymati esa bir vaqtlar 130 million yevroga yetgan.

Yoz davomida unga Dortmund klubi qiziqish bildirdi, ammo shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishilmadi. Qatarning “Al-Rayyan” klubi ham futbolchiga taklif bilan chiqqan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Sanchoga Angliyaning “Brentford” klubi ham qiziqish bildirmoqda.

4. Bamba Dyeng — 15 million yevro

Senegallik hujumchi o‘tgan mavsum “Loryan” safida 15 ta gol urdi va Jahon chempionati–2026da ishtirok etdi.

26 yoshli futbolchi asosan Fransiya Ligasi 1da o‘ynagan bo‘lsa-da, turli vaqtlarda Angliya va Ispaniya klublari ham unga qiziqish bildirgan.

Iyul oyida Rossiyaning “Zenit” va “Krasnodar” klublari tomonidan qiziqish bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq futbolchining so‘nggi to‘rt yil ichida sakkiz marta jarohat olgani va jami 271 kunni maydondan tashqarida o‘tkazgani ehtimoliy xaridorlarni ikkilantrmoqda.

5. Yulian Brandt — 15 million yevro

30 yoshli nemis yarim himoyachisi Bundesligada 13 mavsum o‘tkazdi. Uning so‘nggi yetti yili Dortmundning “Borussiya” klubida kechdi.

Klub uni 2019 yili 25 million yevroga xarid qilgan edi. Brandt muntazam Germaniya terma jamoasiga chaqirilgan, garchi so‘nggi ikki yirik turnirni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa ham.

O‘tgan mavsum u barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.

6. Frank Kessye — 12 million yevro

Kot-d’Ivuarlik yarim himoyachi Frank Kessye “Al-Ahli” bilan xayrlashdi. U Saudiya klubi safida ketma-ket ikki marta Osiyo Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Undan avval “Milan”dagi muvaffaqiyatli o‘yinlari orqali “Barselona”ga o‘tgan, keyin esa Saudiya tomon yo‘l olgan edi. Endi esa uning Yevropaga qaytishi ehtimoli yuqori baholanmoqda. Eng katta qiziqishni “Yuventus” bildirayotgan bo‘lsa, “Beshiktosh” ham uni kuzatmoqda.

7. Fabinyo — 12 million yevro

32 yoshli braziliyalik yarim himoyachi ham Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubini tark etdi. U “Liverpul”dan ketgach, uch mavsum ushbu jamoada to‘p surdi. So‘nggi Osiyo Chempionlar ligasida Fabinyo chorak finalga chiqish uchun hal qiluvchi gol urgan bo‘lsa, keyingi bosqichda omadsiz rikoşet sabab jamoasi musobaqani tark etdi.

Fabinyo Jahon chempionati–2026da Braziliya terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan bo‘lsa-da, ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi. Yevropaga qaytishi mumkin, ammo eng ehtimoliy variant — Braziliya chempionati.

8. Leon Goretzka — 12 million yevro

Germaniyalik tajribali yarim himoyachi Leon Goretzkaning “Bavariya”dan ketishi o‘tgan mavsumning o‘zida ma’lum bo‘lgan edi.

So‘nggi yillarda u asosiy tarkibdagi o‘rnini yosh Aleksandr Pavlovichga boy berdi. Shunga qaramay, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann uni Jahon chempionati–2026 uchun tarkibga kiritdi.

Hozirda Goretzkaga “Yuventus” va “Barselona” qiziqish bildirmoqda. Ayniqsa, Xansi Flik boshqaruvida 2020 yili “Bavariya” bilan oltita sovrin yutgan Goretzkaning tajribasi hali ham Yevropa grandlari uchun katta ahamiyatga ega.

Bu ro‘yxatda qolgan ikki nafar erkin agent ham yaqin kunlarda o‘zlariga yangi klub topishi kutilmoqda. Transfer oynasi yopilishiga oz vaqt qolgani sabab, avgust oyi bozordagi eng qiziqarli voqealarga boy bo‘lishi mumkin.

Farhod Fayziyev
Farhod Fayziyev
Ekspert
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting