Timur Talipov «Qirgizaltin» futbolchisiga aylandi
O‘zbekistonlik futbolchi yana Qirg‘iziston chempionatiga qaytdi.
Eksklyuziv yangiliklar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Дордой
O‘zbekistonlik himoyachi Timur Talipov Qirg‘iziston Premyer-ligasida ishtirok etuvchi “Qirgizaltin” klubi futbolchisiga aylandi.
31 yoshli markaziy himoyachi faoliyati davomida “Paxtakor”, “Obod”, Qirg‘izistonning “Alay”, “Qaganat”, “Nur-Botken”, “Dordoy”, “Neftchi” (Ko‘chkor-Ota), Bangladeshning “Sheykh Rassel” hamda Singapurning “Tanjong Pagar United” jamoalarida to‘p surgan.
So‘nggi oylarda esa Hindistonning “Aizawl” klubi sharafini himoya qilgan edi.
Shu tariqa, tajribali o‘zbekistonlik futbolchi yana Qirg‘iziston chempionatiga qaytdi va mavsumning ikkinchi qismini “Qirgizaltin” safida harakat qiladi.
Farhod Fayziyev
Ekspert