TerDU jamoasida moliyaviy muammolar avj olgan
"Kattaqo‘rg‘on"ga qarshi bahsdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Eldor Boymatov ham ushbu xabarlarni tasdiqladi.
Eksklyuziv yangiliklar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: TerDU
Pro liga ishtirokchisi, TerDU (Termiz davlat universiteti) futbol jamoasi ayni vaqtda moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda.
Jamoada maoshlar va boshqa moliyaviy majburiyatlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgan.
"Kattaqo‘rg‘on"ga qarshi bahsdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Eldor Boymatov ham ushbu xabarlarni tasdiqladi. Uning aytishicha, klub safardagi bellashuvlar uchun pul topmoqda. Ammo boshqa xarajatlar uchun klubda pul yo‘qligi ma'lum bo‘ldi. Qolaversa, maoshlar berilmasligi sababli bir qator o‘yinchilar tark etishgan.
Moliyaviy muammolar sabab jamoa davralar oralig‘ida yig‘in ham tashkil eta olmagan.
Farhod Fayziyev
Ekspert