Sirojiddin Qo‘ziev sobiq jamoasiga qaytdi
29 yoshli futbolchi bunga qadar Hindistonning "Bengaluru" klubida o‘ynagan.
Eksklyuziv yangiliklar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Шўртан ПФК
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Sirojiddin Qo‘ziev sobiq jamoasiga qaytdi. Bu haqda Sports24.uz nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasiga qaytgan va ikkinchi davrani ular safida boshlashi kutilmoqda.
29 yoshli futbolchi bunga qadar Hindistonning "Bengaluru" klubida o‘ynagan hamda jamoani yaqinda tark etgandi. O‘tgani vaqt mobaynida Qo‘ziev klub safida 13 ta bahsda maydonga tushishga ulgurgan.
Qo‘ziev Hindistonga yo‘l olishidan avvalroq “Mash'al”, “Neftchi”, “Sho‘rtan” va Malayziyaning “Kuching” jamoalari safida o‘ynagandi.
Farhod Fayziyev
Ekspert