locale OZ

Sindarovmi yoki Gukesh? Jahon chempionati oldidan kim favorit?

Gukesh — Javohir Sindarov o‘rtasidagi 2026-yilgi Jahon chempionati matchi oldidan grossmeysterlar, shaxmat vakillari va kontent yaratuvchilarning 18 ta fikri jamlandi.
Eksklyuziv yangiliklar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sindarovmi yoki Gukesh? Jahon chempionati oldidan kim favorit?
photo: gettyimages

Sindarovmi yoki Gukesh? Jahon chempionati oldidan kim favorit?

Gukesh — Javohir Sindarov o‘rtasidagi 2026-yilgi Jahon chempionati matchi oldidan grossmeysterlar, shaxmat vakillari va kontent yaratuvchilarning 18 ta fikri jamlandi.
Ularning tasnifiga ko‘ra:

10 kishi — Javohir Sindorovni favorit deb biladi
6 kishi — imkoniyatlarni deyarli teng deb baholaydi
2 kishi — Gukeshni ustun ko‘radi

Magnus Karlsen Sindarov g‘alaba qozonishini kutayotganini aytib, uning o‘yinini har tomonlama mukammalroq deb baholagan.

Ian Nepomniachtchi imkoniyatlarni 65:35, Vladislav Artemiev esa 60:40 nisbatida Javohir foydasiga baholagan.

Hikaru Nakamura esa Gukeshni tanlagan. Uning fikricha, amaldagi jahon chempioni bosimni yenga olsa, ko‘pchilik kutmagan natijani ko‘rsatishi mumkin.

photo: Chess Uzbekistan


Gukesh va Sindarov o‘rtasidagi Jahon chempionati matchi 22-noyabrdan 12-dekabrgacha Jenevada bo‘lib o‘tadi. Birinchi klassik partiya 24-noyabrga belgilangan.
Sizningcha, Jenevada kim jahon chempioni bo‘ladi — Sindorovmi yoki Gukesh?

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting