O‘zbekistonlik futzalchi Indoneziya klubi bilan shartnoma imzoladi
Bu klub Indoneziyaning futzal bo‘yicha eng katta klubi hisoblanadi.
Eksklyuziv yangiliklar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Bintang Timur
O‘zbekistonlik futzalchi Elbek To‘lqinov faoliyatini xorijda davom ettiradi.
Sports24.uz xabar berishicha, Elbek Indoneziyaning "Bintang Timur" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu klub Indoneziyaning futzal bo‘yicha eng katta klubi hisoblanadi.
To‘lqinov esa hozirda O‘zbekiston Oliy ligasida 32 ta gol bilan to‘purarlik ro‘yxatida yetakchi. U joriy mavsumni "Oil Star" jamoasida o‘tkazayotgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist