Murodbek Bobojonov Malayziya klubiga o'tdi
Bobojonov o'tgan mavsumni Iroqning “Amanat Bag'dod” klubida o'tkazgan edi.
Eksklyuziv yangiliklar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Penang FC
O‘zbekistonlik hujumchi Murodbek Bobojonov faoliyatini Malayziya Superligasida davom ettiradi.
Sports24.uz xabar berishicha, futbolchi “Penang” klubi bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv bir yilga mo‘ljallangan.
Bobojonov o'tgan mavsumni Iroqning “Amanat Bag'dod” klubida o'tkazgan edi. Shartnomasi yakuniga yetganidan so‘ng erkin agent maqomida Malayziyaga yo‘l oldi.
Bobojonov ilgari “Neftchi”, “Qizilqum”, “Buxoro”, “Metallurg”, “Surxon” jamoalarida ham to‘p surgan.
Farhod Fayziyev
Ekspert