Mauro Brazil «Dinamo»ni tark etdi
U Superliga doirasida 2 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Eksklyuziv yangiliklar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Динамо ПФК
Samarqandning “Dinamo” klubida moliyaviy muammolar hanuz yechim topgani yo‘q.
Sports24.uz xabariga ko‘ra, klubning urugvaylik himoyachisi Mauro Brazil muddatidan avval jamoa bilan xayrlashgan. Futbolchi o‘z vaqtida maosh ololmagani sababli jamoada o‘ynamaslikka qaror qilgan. Buni bosh murabbiy Vadim Abramov ham "Andijon"ga qarshi o‘tgan Superliga 10-tur bahsidan so‘ng ta’kidlab o‘tdi.
Brazil mavsum oldidan “sherlar” safiga qo‘shilgandi. U Superliga doirasida 2 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist