Baxtiyor Qosimov faoliyatini Malayziya klubida davom ettiradi
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv muvaffaqiyatli yakunlandi.
Eksklyuziv yangiliklar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Penang FC
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Baxtiyor Qosimov faoliyatini Malayziya Superligasi vakili — "Penang" klubida davom ettiradi.
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv muvaffaqiyatli yakunlanib, tajribali futbolchi yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Shu tariqa, Qosimov o‘z faoliyatini Malayziya chempionatida davom ettiradi.
30 yoshli yarim himoyachi faoliyati davomida OKMK, "Surxon", "Andijon", "Qizilqum", "Qo‘qon-1912", Qatarning "Al-Khor" hamda Iroqning "Amanat Bag‘dod" klublari safida to‘p surgan. U Iroq chempionatidagi o‘yinlari bilan ham e’tibor qozongan edi.
Farhod Fayziyev
Ekspert