Alijon Alijonov Butan chempionatiga yo'l oldi
U jamoaga Nepalning «Machindra» klubidan kelib qo‘shildi.
Eksklyuziv yangiliklar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ФОТО: Getty images
O‘zbekistonlik himoyachi Alijon Alijonov faoliyatini Butan chempionatida davom ettiradi.
27 yoshli futbolchi Butan Premyer-ligasi ishtirokchisi «Thimphu City» klubi bilan rasmiy shartnoma imzoladi. U jamoaga Nepalning «Machindra» klubidan kelib qo‘shildi.
Alijonov shu yil boshida Nepalning «Machindra» klubi safida to‘p surgan edi. Undan avval esa Qirg‘izistonning «Neftchi» klubida ham faoliyat olib borgan. Futbolchining faoliyati davomida «Navbahor», «Paxtakor» yoshlar jamoasi hamda Tojikistonning «Ko‘ktosh» klublarida ham o‘ynagani ma’lum.
Shu tariqa Alijon Alijonov faoliyatida yana bir yangi chaqiriqni qabul qildi va endi Butan chempionatida «Thimphu City» sharafini himoya qiladi.
Farhod Fayziyev
Ekspert