Yosh bokschilarimiz Osiyo chempionatida ochkolar boʻyicha tengsiz boʻlishdi
FОТО: Olympic.uz
Iordaniyaning Amman shahrida boks boʻyicha U15 va U17 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati yakunlandi.
Musobaqaning soʻnggi kunida U17 toifasidagi final janglari oʻtkazildi. Unda bokschilarimiz 8 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
World Boxing tomonidan tashkil etilgan mazkur qitʼa birinchiligida Oʻzbekiston delegatsiyasi ochkolar boʻyicha umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.
Har ikki yosh toifasidagi bahslarda bokschilarimiz 15 tadan oltin va kumush, 12 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist