locale OZ

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2028 yilgi Olimpiada o‘yinlariga saralash tizimini tasdiqladi

2028 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga 14-30 iyul kunlari AQShning Los-Anjeles shahri mezbonlik qiladi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2028 yilgi Olimpiada o‘yinlariga saralash tizimini tasdiqladi
ФОТО: Getty images

Ushbu tizimni "World Boxing" tashkiloti taqdim etgan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Olimpiada tarixida ilk bor to‘liq gender tengligi ta’minlanadi: erkaklar va ayollar ettitadan vazn toifasida medallar uchun bahs olib boradi. Umumiy ishtirokchilar soni 248 nafar sportchini tashkil etadi (erkaklar va ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda 124 nafardan).

Mazkur tasdiqlangan saralash tizimi bir nechta bosqichdan iborat bo‘ladi. Bokschilar Olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish uchun uchta Jahon litsenzion turniri hamda beshta qit'a musobaqasida bahslarga kirishi mumkin bo‘ladi.

Saralashning birinchi bosqichiga 2027 yili Qozog‘istonda o‘tadigan "World Boxing" doirasidagi Jahon chempionatida start beriladi.

Shundan so‘ng 2027 va 2028 yillar davomida qit’aviy turnirlar tashkil etiladi.
Saralash doirasi 2028 yildagi ikkita jahon kvalifikatsiya turniri bilan yakunlanadi.

Tez fursatlar mobaynida "World Boxing" musobaqalarni o‘tkazish uchun arizalar qabul qilishni boshlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, "World Boxing" tashkiloti saralash jarayonlarini va Los-Anjelesdagi Olimpiya o‘yinlaridagi musobaqalarni tashkil etishni nazorat qiladi.

Olimpiada-2028 da boks bo‘yicha medallar quyidagi vazn toifalarida o‘ynaladi:

Erkaklar: - 55 kg, - 60 kg, - 65 kg, - 70 kg, - 80 kg, - 90 kg, +90 kg.

Ayollar: - 51 kg, - 54 kg, - 57 kg, - 60 kg, - 65 kg, - 70 kg, - 75 kg.

2028 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga 14-30 iyul kunlari AQShning Los-Anjeles shahri mezbonlik qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting